• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxorodagi “xufiyona uchrashuvlar bog‘i” o‘rnida “Yoshlar xiyoboni” barpo etiladi. Aholi nimadan norozi unda?

    Kogon shahridagi “Adolat” mahallasida joylashgan Do‘stlik ko‘chasi hududida 10100 kvadrat metr bog‘ bo‘lib, bundan 30 yilcha ilgari bo‘sh yer bo‘lgan mazkur maydonda aholi tomonidan hashar yo‘li bilan 1000 dan ortiq manzarali va mevalari daraxtlar o‘tqazilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, aholi Kogon shahar hokimligi zaxira yeri hisoblangan ushbu maydonlarning ma’lum qismiga tomorqa ekinlari ekib, vaqtincha foydalanib kelgan. Biroq keyingi 5-6 yil davomida bog‘ va undagi dov-daraxtlar yashnab turishining e’tibordan chetda qolgani, ularning noma’lum shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan kesib ketilgani, qo‘y-qo‘zilar boqilgani va yetmagandek, bog‘ning xufiyona ko‘ngilochar uchrashuvlar xiyoboniga aylanib, salbiy taassurotlar uyg‘ota boshlagani keng jamoatchilikni sergaklantirgan.

    — Bu bog‘ haqiqatan ham Kogon shahar hokimligi zaxira yer maydoni hisoblanadi. Ammo chorak asr ilgari shu yerda yashovchi aholining mehnati bilan bog‘ barpo qilingan. Daraxtlar o‘tqazilgan. Mevalaridan foydalanib, bo‘sh yer maydonchalarida tomorqa ekinlari ekib kelishgan. Biroq bu yer keyinchalik xufiyona uchrashuvlar maskaniga aylanib qolgandi. Bu ko‘pchilik ota-onalarni ham tashvishlantirgani rost, — deydi “Adolat” mahallasi fuqarolari.

    Bundan tashqari, aholi va fuqarolarning tegishli idora-tashkilotlarga murojaati va shu yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan ogohlantirilishiga qaramay, hududdagi ayrim qo‘ni-qo‘shnilar bog‘dan o‘zboshimchalik bilan foydalanishdan tashqari, qo‘y-qo‘zilarni boqishda davom etavergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Biz uzoq yillar davomida qo‘ni-qo‘shnilar bilan bo‘sh yer maydonida kattagina bog‘ barpo etganmiz. Mevali va manzaralari daraxtlar juda ko‘p edi. U-bu bahonalar bilan o‘zimizga tanish bo‘lmagan odamlar daraxtlarni kesib ketaverishdi. Ko‘p o‘tmay, hududda buzish-qurish ishlari boshlandi. Bog‘ atrofi temir panjara bilan o‘rab olindi. Yetmagandek, bog‘ yonidagi ko‘p qavatli uylar hamda hovli-joylarda yashaydigan aholi farzandlari foydalanib kelayotgan bolalar o‘yingohi ham buzib tashlandi, — deydi “Adolat” MFY fuqarosi Amina Kenjayeva. — Bolalarimiz uydan ko‘chaga chiqolmay qolgan. Bir tomon katta avtomobil qatnov yo‘li, ikkinchi tomon ko‘p qavatli uy va hovli-joylar, old tomondagi bog‘ temir to‘siqlar bilan o‘rab olingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kogon shahar hokimiga ko‘ra, “Adolat” MFY Do‘stlik ko‘chasidagi jami hududi 10100 kvadrat metrli yer maydonida “Yoshlar xiyoboni” tashkil etish ko‘zda tutilgan. Uning 2019-yil 12 apreldagi 616-sonli qaroriga asosan, “Shodlik-qurilish akva servis” MChJga ushbu yer maydonining 1200 kvadrat metri savdo majmuasi, sartaroshxona, poyabzal tuzatish ustaxonasi hamda tikuvchilik sexi qurish uchun ajratilgan. Ayni paytda bog‘ni zamonaviy ko‘rinishga keltirish hamda attraksion jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

    Fuqaro Zulayho Sharopovaning shikoyaticha esa, tadbirkor o‘zi va bog‘ qorovuli ular ekkan daraxtlar mevasidan foydalanib, ekinlarni payhon qilib kelmoqda. Ertadan kechgacha bog‘da qo‘y boqishmoqda. Fuqarolarning bu shikoyati o‘rinli edi. Haqiqatan ham “Daryo” surishtiruvi chog‘ida bog‘da qo‘ylar o‘tlab yurgan va daraxtlar payhon qilinayotgan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aholi tomonidan tadbirkorga har bir hovli to‘g‘risidan temir to‘siqlar bilan o‘rab olinayotgan boqqa kiradigan eshik ochishi sharti qo‘yilgan. Biroq, tadbirkor aholining bu talabini rad etgan.

    — Men qo‘chqorni ayni paytda savdo majmuasi, sartaroshxona, poyabzal tuzatish ustaxonasi hamda tikuvchilik sexining qurib bitkazilishi munosabati bilan shu yerning aholisiga xayriya oshi uchun boqayotganimni tan olaman. Aholining har biri hovlisi to‘g‘risidan boqqa kiradigan eshik ochib qo‘yish talabini esa qondira olmayman. Bog‘ni zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun juda qimmat mablag‘ hisobiga attraksionlar keltiriladi. Ularning katta kuchlanishdagi elektr toki evaziga harakatga kelishi hammaga ma’lum. Bolalar va aholining xavfsizligi uchun ham javobgarman axir. Tashlandiq va juda ko‘rimsiz ahvoldagi bog‘ uchun ayni paytgacha 1 milliarddan ortiq xarajat qildim. 50 million so‘m evaziga bor-yo‘g‘i 100 metr temir to‘siq o‘rnatdik, — deydi “Shodlik-qurilish akva servis” MChJ rahbari, yosh tadbirkor Qahramon Safarov. — “Yoshlar xiyoboni” Kogon shahrida mavjud markaziy bog‘dan ham ko‘rkam va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Hozir tadbirkorlik faoliyatimga qaysidir ma’noda to‘siq bo‘layotgan aholi hali xursand bo‘ladi. Bunga ishonaman. Hozircha ishlar chala ekanligini yashirmayman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumotga ko‘ra, hududda “Obod mahalla” dasturi amalga oshirilmoqda. Yangidan barpo etilayotgan “Yoshlar xiyoboni”da attraksion jihozlaridan tashqari, 350 ga yaqin soyabonli o‘rindiqlar, musiqali favvora, tadbirlar o‘tkaziladigan sahna va boshqa imkoniyatlar yaratiladi. Xiyobonga kirib-chiqish esa faqat bitta darvoza orqali amalga oshiriladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Juda ko‘plab daraxtlarni kesib tashlab, o‘rnida 9 ta xizmat uyi tiklashdi. Bundan tashqari, uyimiz oldidagi bolalar o‘yingohini buzib tashlab, achinarli ahvolga keltirib qo‘yishdi. Avvaliga bolalar sport maydonchalarini qayta tiklaymiz, deyishgandi. Endi esa bunday maydonchalar barpo etilmasligini bildirishdi. To‘g‘ri, yashil futbol maydonini ham barpo etishdi. Ammo u pullik. Bu esa hammaning ham cho‘ntagiga to‘g‘ri kelavermaydi, — deydi fuqaro Galina Kan.

    Shu kuni Kogon shahar hokimi “Adolat” aholisi bilan uchrashdi. Unga ko‘ra, birorta daraxt sababsiz kesilmagan. Juda ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlarning poyadan chiriy boshlagani va quriyotgani uchun kesib tashlangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Yana shunday daraxtlar yo‘q emas. Uni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin, — dedi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda Kogon shahar hokimi Hakim Hoshimov bir nechta qurigan, ildiz va poyasidan chiriy boshlagan dov-daraxtlarni ko‘rsatar ekan, — ammo qolgan barcha sog‘lom daraxtlarni saqlab qolish choralari ko‘rilyapti. Vaholanki, zamonaviy bog‘ning ko‘rkam bo‘lishida manzarali daraxtlarning o‘rni beqiyos. Bundan tashqari, tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt va butalar yanada ko‘paytiriladi. Xususan, yaproq va ninabargli daraxtlar soni oshiriladi. Bu xiyobonning ko‘kalamzorlashtirish kompozitsiyasini yaratishda ahamiyat kasb etadi. Faqat aholi biroz sabr bilan kutishi kerak. “Obod mahalla” dasturidagi bunyodkorlik ishlari 2020-yil mart oylarida to‘liq yakunlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yuzma-yuz uchrashuvda to‘lovli sport maydonlaridan tashqari, aholining talab va istagi bilan ko‘p qavatli uylar va hovli-joylar aholisi farzandlari uchun qo‘shimcha sport o‘yingohlari bunyod etiladigan bo‘ldi.

    18.10.2019, 13:51   Izoh (0)   26119
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pasportni propiskadan qat’i nazar istalgan hududdan olish tartibi joriy etilishi mumkin

    18.10.2019, 13:34

    “Toshissiqquvvati” tomonidan iste’molchilardan 45,8 mlrd so‘m xato ushlab qolingani aniqlandi

    18.10.2019, 13:20

    O‘zbekiston global raqobatbardoshlik indeksiga kiritilishi mumkin

    18.10.2019, 13:04

    Samarqand shahri kuni munosabati bilan ijodkorlar karvoni shahar bo‘ylab aylanadi

    18.10.2019, 12:50

    Shavkat Mirziyoyev: Surxondaryodagi soha va tarmoqlarning hududiy rahbarlari “qotib qolgan”

    18.10.2019, 12:19

    Toshkent metrosining “Kosmonavtlar” bekati kanadalik fotografning albomidan joy oldi (foto)

    18.10.2019, 11:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.