Qozog‘iston 2019-yil yanvaridan avgust oyigacha 53,9 ming tonna guruch eksport qildi, deb xabar bermoqda LS.
Bu borada O‘zbekiston uning asosiy importchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston 2019-yilda qiymati 6,9 million dollar bo‘lgan 22,9 tonna guruch import qilgan. Bu o‘tgan yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichdan 33,7 baravar ko‘pdir.
Tojikiston — 4,7 million dollarga 17,8 ming tonna, Rossiya — 1,8 million dollarga 7,7 ming tonna, Ukraina — 716,2 ming dollarga 2,8 ming tonna, Turkmaniston esa 941,1 ming dollarga 1,4 ming tonna guruch sotib olgan.
Izoh (0)