O‘zbekistondagi deyarli barcha shifoxonalarda shifokor huzuriga kirishda bemor o‘zi bilan birga qog‘oz ambulator kartasini olib kirishi kerak. Ambulator kartaning qog‘ozdan qilinishi ham bemorlar, ham shifokorlar uchun ko‘pgina noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli “Mening fikrim” portalida fuqarolarning kasallik tarixini elektronlashtirish taklif qilinmoqda.
Ushbu noqulayliklarni bartaraf etish va O‘zbekiston tibbiyot sohasida qog‘oz tejamkorligiga erishish lozimligi ta’kidlanmoqda. Buning uchun O‘zbekistonda aholi soni kundan-kunga ortib borayotganini hisobga olib, har bir fuqaro uchun alohida ID karta orqali kiriladigan va fuqarolarning shaxsiy kabinetida ma’lumotlari shakllantiriladigan maxsus elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish kerak.
“Bu ma’lumotlar bazasi hajmi ko‘payib ketmasligiga va serverlar ortiqcha yuklanish bilan ishlamasligiga yordam beradi. Ikkinchidan, loyiha ishga tushirilgan vaqtdan boshlab, ya’ni 40 yoshgacha bo‘lgan har bir O‘zbekiston fuqarosi va yosh bolalar, chaqaloqlar majburiy ravishda 40 yoshdan kattalar esa ixtiyoriy ravishda ushbu elektron ma’lumotlar bazasidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi va keyinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishni chaqaloq tug‘ilgan vaqtdayoq amalga oshirishni tug‘ruqxonalarda joriy qilish kerak. Ushbu loyiha juda katta mablag‘ talab qilishini hisobga olib, ro‘yxatdan o‘tishni EKIHning yarim yoki ko‘pi bilan bir barobari miqdorida belgilash kerak”, — deyiladi taklifda.
Izoh (0)