Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar markazida joylashgan “Oygul” savdo majmuasida pichoqbozlik yuz berdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 15-oktabr kuni soat 10:00 larda sodir bo‘lgan. 20 yoshli ishchi S.T. 24 yoshli tadbirkor tanishi X.M. va uning 3 nafar qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan X.M.ni ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxs 1o yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
S.T. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)