• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon matbuoti sharhi: Zelenskiy xoinmi? Putinning Tunberg haqidagi gaplari. Yangi Gollivud milliarderlari

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Zelenskiy: qahramonmi yoki sotqin?

    Ukraina prezidenti Rossiya bilan munosabatlarda davomli urushni to‘xtatishda muvaffaqiyatga erishgandir, ammo bir muammo borki, uning ayrim saylovchilari buni xiyonat sifatida baholamoqda, deb yozadi Bloomberg axborot agentligi.

    Foto: Google Photos

    Ukraina, Rossiya va qatnashuvchi taraflar sulh masalasida katta to‘siq bo‘lib kelayotgan Ukraina sharqidagi rusparast “xalq respublikalari”da saylov o‘tkazish va ularga muxtoriyat berish masalasida bitimga erishdi. Kiyev hukumati va Rossiya qo‘llayotgan ayirmachilar o‘rtasidagi urush besh yildan ko‘proq davom etyapti va bu urushda 13 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

    Bitimga muvofiq, saylov uchastkalari yopilishi bilan sharqiy viloyatlarda muxtoriyat to‘g‘risidagi vaqtincha qonun kuchga kiradi. Bu qonunga muvofiq, ayirmachilar va amaldorlarga sud ta’qibidan immunitet beriladi, rus tilining teng huquqlilik maqomi mustahkamlanadi, mahalliy o‘zini boshqarish organlariga politsiya tuzishga ruxsat beriladi, Ukraina hukumatiga urushdan keyingi tiklash ishlarini olib borishi majburiyati yuklanadi.

    YeXHT saylov erkin va sof holda o‘tkazildi deb tan olsa, qonun kuchga kiradi va doimiy asosga ega bo‘ladi.

    GFR prezidenti Shtaynmayyer nomi bilan atalgan bu reja tomonlar o‘rtasida yarashuv o‘rnatishga mo‘ljallangan.

    Rossiya saylov va muxtoriyat berilishi o‘rtasidagi qisqa muddatdan Ukraina hukumati ayirmachilarni hibs etishda foydalanadi, deb xavfsiramoqda. Chunki bunday siyosat Rossiyaning hududdagi ta’sirini zaiflashtiradi.

    Ukraina tarafi esa darhol muxtoriyat berilishi, Rossiyaga saylov o‘tkazish va uning natijalariga ta’sir qilish imkonini beradi. Bu esa Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zoligiga to‘sqinlik qilishi mumkin deb xavotirlanmoqda.

    Zelenskiyning bunday nuqtai nazari uni sotqinlikda ayblashlariga sabab bo‘ldi. Pyotr Poroshenko bu kelishuvni “Kremlda o‘ylangan reja” deya baholadi. Poroshenko va unga xayrixoh doiralar nazdida, ayirmachi rusparast guruhlar qurolsizlantirilishi kerak va rus qo‘shinlari hududdan olib chiqib ketilganidan keyingina jarayon boshlanishi mumkin demoqda.

    Zelenskiy esa 70 foiz qo‘llab-quvvatlovchilar dastagidan tanqidlarga dosh bera olishiga ishonayotganga o‘xshaydi.

    O‘zidagi janjal bilan ovora bo‘lib qolgan AQSh Ukrainaga ma’qul har qanday shartlar asosida tinchlik o‘rnatishni istayotgan Germaniya va Fransiyaga qarshi bora olmaydi.

    Fransiya prezidenti Makron muzokaralarda bitim muvaffaqiyatli kechishi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni va’da qildi. Bu esa “normand uchrashuvi” yaqin kunlarda o‘tkazilishidan dalolat beradi.

    Zelenskiy manfaatli asoslarda bitim tuza olishiga ishonar ekan, muxtoriyat to‘g‘risidagi qonun yangi variant ustida ish borayotganligini va rus qo‘shinlari hududdan olib chiqib ketilmaguncha mahalliy saylov bo‘lib o‘tmasligini aytdi. Bu rusparastlarni xushyor torttirdi. Zelenskiyning Shtaynmayyer formulasiga roziligi saylovni YeXHT o‘tkazishiga asoslangan.

    Germaniya va Fransiya bitimni imzolanishini targ‘ib qilayotgan bo‘lsa-da, Zelesnkiyning qo‘rquvi muzokaralar to‘xtab qolishini anglatadi. Ustiga-ustak, Ukraina sharqining taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda Qrim masalasi soya ostida qolmoqda. Agarda xalq Zelenskiy ruslarga yon berdi deb topgudek bo‘lsa, yosh prezidentning vakolati muddatidan oldin tugashi ehtimoli ham mavjud. Bu qanday yuz beradi, taxmin qilish mumkin. AQShning faol yordamisiz yosh prezidentga qiyin bo‘lishi tayin.

    Putin Greta Tunberg haqida nimalar dedi?

    Prezident Putinning Greta Tunberg haqida aytgan fikrlari AQSh va Britaniyada kutilmaganda norozilik kayfiyatidagi fikrlar urchib ketishiga imkon berdi, deb yozadi The Times nashri.

    Foto: Medialeaks

    66 yoshli Putin Moskvadagi energetika kengashida Tunbergning BMT sammitidagi chiqishi haqidagi savolga javob berar ekan, “sizlarni ranjitsam ham, Tunberg chiqishlari bo‘yicha ommaviy olqishlarni yoqlay olmayman; 16 yoshli Greta hozirda dunyo qanday ekanligini tasavvur ham qila olmaydi”, deb aytdi.  Fikrini davom ettirar ekan, Putin “Afrika va Osiyodagi odamlar Shvetsiyada bo‘lgani kabi to‘kin-sochinlikda yashamasligini, to‘kin-sochinlikka erishish uchun nima qilish kerakligini, Afrikdagi mo‘l Quyosh enrgiyasidan foydalanish qanchaga tushishi borasida biror kim Gretaga tushuntirdmi?” deya savol tashladi.

    Putinning nazarida, ekofaollar yosh qizchaning emotsional va psixologik holatini hisobga olmay, undan foydalanmoqda (Tunberg Asperger sindromi, obsessiv-kompulsiv buzilish, selektiv mutizm tashxisi bilan davolanadi).

    Mavzuga doir:

    BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan qizaloq Greta Tunberg kim va u nimaga erishmoqchi?

    “Men Greta ochiqko‘ngil va yaxshi qiz ekaniga ishonaman. Lekin kimdir o‘smirlar va bolalardan o‘ta yaxshi niyatda bo‘lsa ham o‘z maqsadida foydalanishini faqat qoralash mumkin”, – deya ta’kidladi Putin.

    Bir necha kun oldin RLDPdan Duma deputati, 24 yoshli Vasiliy Vlasov Greta Rossiya parlamentida chiqish qilishga chaqirgan edi. U o‘shanda “biz yosh avlod vakillari masala bizning kelajagimizga taalluqli bo‘lganda sukut saqlamasligimiz va bizni yo‘q qilishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, deb aytgan edi.

    O‘tgan oyda rasmiy Kreml Parij bitimini tasdiqlagan bo‘lsa-da, Putin iqlim isishi antropogen sabablar tufayli sodir bo‘lmoqda deb hisoblaydi. Bundan tashqari, Putin muqobil energiya manbalari kelajagiga shubha bilan qarab, shamol tegirmonlari hasharotlarni yakson qilmoqda deb aytgan edi.

    Putinning bu fikrlari o‘z vatandoshlari tomonidan hukumatni haqorat qilmaslik to‘g‘risidagi qaroriga zid bo‘lsa ham, ko‘pgina achchiq va istehzoli izohlarga nishon bo‘ldi.

    Juma kuni Greta Ayova-Sitidagi iqlimiy namoyishlarda ishtirok etadi. Bu shahardagi chiqishlar Nyu-York va Monrealdagi chiqishlardan so‘ng o‘tkaziladi. Ayni paytda Greta AQShga uglerod chiqarmaydigan yaxtada suzib kelganicha, mamlakat bo‘ylab sayohatda yuribdi (Greta aviatsiya ekologiya uchun halokatli deb hisoblagani uchun uchoqlar xizmatidan foydalanmaydi). Tunberg sayohatini dekabr oyida BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlanadigan konferensiya bo‘lib o‘tadigan Santyago shahrida (Chili) nihoyasiga yetkazishga qaror qilgan.

    Xitoy mudofaa borasida Rossiyaga tayanmoqdami?

    Pekin  ‘ta zamonaviy raketalarini namoyish qilganidan bir necha kun o‘tib, Moskva Xitoy mudofaasini kuchaytirish rejalari haqida bong urmoqda, deb yozadi The Guardian nashri.

    Putin Xitoy hukumatiga ballistik raketalar hujumidan ogohlantirish tizimini yaratish borasida yordam berajagini e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Sovuq urush davridan beri bunday tizimlar faqat AQSh va Rossiyada bor edi. Bunday tizimlarga yer ustidagi radiolokatsion stansiyalar va orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlar kiradi. Bunday tizim qat’alararo raketalarni darhol aniqlash imkonini beradi. Payshanba kuni xalqaro munosabatlarga bag‘ishlangan konferensiyada Putin Xitoyga tizimni yaratishda ko‘mak berishini va bu Xitoy mudofaa tizimini tubdan yaxshilashini e’lon qildi.

    Bunday bayonot sobiq kommunistik raqiblar o‘rtasidagi munosabatlar tobora yaxshilanib borayotganidan dalolat.

    Iyun oyida Xitoy rahbari Si Putin eng yaqin do‘sti ekanligini va bu do‘stlikni o‘ta qadrlashi haqida gapirgan edi.

    Putinning bayonoti internet sahifalarida turli izohlarni yuzaga keltirdi. Tarmoq foydalanuvchilaridan ayrimlar buni yaxshi kutib olgan bo‘lsa, ayrimlar Rossiyaning bunday yordami Xitoyga kerak emasligini ta’kidladi. Ayrimlarning nazarida, “Rossiya yana maqtana boshladi. Ehtimol. Bu rus madaniyati bilan bog‘liqdir. Ammo Xitoy bunday maqtanmagan bo‘lardi”, deb yozdi bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

    Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yillik yubiley paradida Xitoy hukumati gipertovushli raketalarini namoyish qildi. Mutaxassislar nazarida, AQShda mazkur raketalarga qarshi turadigan hech qanday kuch yo‘q. Nazariy jihatdan olib qaraganda, FD-17 raketasi tovushdan bir necha barobar tez uchadi, manyovr qila oladi va undan himoyalanish favqulodda murakkab.

    Avgust oyida Xitoy va Rossiya AQShni yangi qurollanish poygasiga start berganlikda ayblab chiqqan, o‘sha kezlarda AQSh yaqin va uzoq masofaga uchadigan raketalarni taqiqlash borasidagi bitimdan chiqishi ortidan “Tomagavk” rusumli uchoq asosiga qurilgan 500 kilometr masofaga uchib nishonga uradigan raketasini sinovdan o‘tkazgan edi.

    Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov bu sinovni qoralagan, Xitoy tomoni ham AQShni tanqid qilib, bu xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi borasida ogohlantirgan edi.

    Biznes elita reytingidan kimlar o‘rin oldi?

    The Vanity Fair nashri o‘tib borayotgan haftada “yangi va eski isteblishment” nominatsiyasining dunyo reytingini tuzib chiqdi. Reytingda eski biznes-gvardiya avlodiga mansub bir qator nomlarni ham o‘qish mumkin. Bu nomlar nafaqat boyligi, balki yillar mobaynida ortirgan nufuzi va ta’siri bilan ham dunyo taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shgan.

    Larri Fink.

    Larri Fink.
    Foto: Getty Images

    Ro‘yxat boshidan Fox Corporation rahbari, mediamagnat Rupert Myordok o‘rin olgan. So‘nggi oylarda biznesmen davlatining yarmi – News Corp’ni 71,3 milliard dollarga sotib, yana tillarga tushdi. “Barchasi bolalar uchun: 88 yoshda shuncha davlatni o‘zim uchun ishlatish ancha mashaqqat bo‘lsa kerak”, dedi biznesmen.

    Ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini Apple kompaniyasining bosh ijrochi direktori Tim Kuk egallab turibdi. The Vanity Fair Apple’ning bozor narxini 1 trillion dollarga baholadi. Bu kema notinch to‘lqinlarda osoyishta va dadil suzib ketmoqda, deb ta’riflaydi The Vanity Fair Apple kompaniyasini.

    Blackrock kompaniyasining 66 yoshli rahbari Larri Fink Apple’ning ijrochi direktori Tim Kuknikidan-da kattaroq mablag‘ga egalik qilmoqda. The Vanity Fair ma’lumotiga ko‘ra, Blackrock brendi ostida ish ko‘radigan moliyaviy kompaniya 6 trillion dollarni nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, Larri Fink Robin Hood xayriya jamg‘armasi homiylik kengashi a’zosi sifatida qashshoqlarga beg‘araz yordam ko‘rsatib kelmoqda.

    Boy va nufuzli shaxslar ro‘yxatidan, shuningdek, Yangi Gollivudda boyligini striming texnologiyalari asosida jamg‘argan shaxslar o‘rin olgan.

    55 yoshli Ted Sarandos Netflix kompaniyasining rahbari. Netflix’ning 151 million puli bor obunachisi borligini inobatga olsak, Ted Sarandos boshqa millionerlardan ancha ustunligi ko‘zga tashlanadi.

    Bob Grinblat Warner Media Entertainment kompaniyasi raisi, X-files va Beverly Hills shoularining asoschisi. Ikkinchisining yuzaga kelishi Gollivud siyosiy o‘lchamlariga binoan ham Bobga dovyurak maqomini olib berdi. Ishida bir necha o‘n millionli loyihalari bo‘lishiga qaramay, Donald Trampni “zaharli ahmoq” deya atadi. Ana sizga dovyuraklik.

    Yangi Gollivud mashurlari ro‘yxatining uchinchi o‘rnida e’tirof etilgan shaxslardani ikki nafari Netflix kompaniyasining ikki omadli investori – Shonda Rayms va Rayan Myorfilar. Nashr ma’lumotiga ko’ra, Netflix janob Raymsga 300 million dollar, Myorfi xonimga 150 million dollar moyana to‘lagan.  Bu raqamlarning oldida boshqa so‘zlar ortiqcha.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    06.10.2019, 09:29   Izoh (0)   42918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gonkongda norozilik namoyishlari tufayli metro o‘z ishini to‘xtatdi

    05.10.2019, 21:53

    Turkiya suriyalik qochoqlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    05.10.2019, 17:50

    Suriya terrorchilarga qarshi kurash uchun Eronga minnatdorchilik bildirdi

    05.10.2019, 17:16

    AQSh tibbiy sug‘urtasi bo‘lmagan immigrantlarni mamlakatga kirishini taqiqlamoqchi

    05.10.2019, 16:55

    Moskvadagi maktabda o‘quvchilar o‘zidan kichik bolaning boshini unitazga tiqdi. Maktab direktori va sinf rahbari ishdan ketdi (video)

    05.10.2019, 15:28

    Eron sanksiyalar sabab o‘z portlarida kemalar yukini tushira olmayotgani haqidagi xabarlarni rad etadi

    05.10.2019, 15:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sevimli multfilm qahramonlarimizning dastlabki eskizlari qanday bo‘lgan?

    Layfstayl | 14 may, 08:58

    Fransiya Yevropaga “yadroviy soyabon” bo‘lishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 14 may, 08:36

    Holand avtoparkini yana bir qimmatbaho mashina bilan boyitdi (foto)

    Sport | 14 may, 08:25

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.