Gonkongda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari tufayli shahar metropoliteni o‘z ishini to‘xtatdi. Bu haqda Regnum xabar bermoqda.
Metro ishini to‘xtatish haqidagi qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib qabul qilindi: namoyishchilar doimiy ravishda Gonkong metropolitenining ko‘plab bekatlariga moddiy zarar yetkazib kelgan.
Namoyishchilar odatda metro bekatlari faoliyatiga to‘sqinlik qilib, yo‘llarida uchragan barcha narsani vayron qilgani aytilmoqda.
Izoh (0)