IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyati Uzun tumani, “Bog‘dara” qishlog‘ida joylashgan 32-maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti matbuot xizmati xabar berdi.
“Uchrashuvda IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i Nuriddin Normatov tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas’uliyatiga to‘xtalib o‘tdi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir doirasida maktab kutubxonasiga 150 dan ortiq kitob tuhfa qilingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o‘quv yig‘inlari, seminar-treninglar shuningdek kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslar, yakka keksa avlod vakillari holidan xabar olish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)