Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida Prezident qarorlari qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” xabar berdi.
Qarorlar bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2019-yilning 1-avgust kuni Minsk shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Belarus hukumati o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
- 2019-yilning 31-may kuni Ashxobod shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlari bojxona organlarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi bitim.
Izoh (0)