• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buziladi-buzilmaydi: Qarshi shahrining “Gulshan” mahallasida yashovchi aholi 4 yildan beri shu tahlikada yashamoqda

    2015-yili Qarshi shahar hokimi qaroriga muvofiq shaharning “Gulshan” mahalla, “Kitob” ko‘chasida joylashgan 15 ta xonadon buzilishga tushdi. Bu haqda o‘sha payt shahar hokimligining ogohlantirish xatida ma’lum qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Snos”ga tushgan xonadonlarning 7 tasi buzildi va zarar qoplandi. Qolgan 8 ta xonadon vakillari esa yangi qad rostlagan ko‘p qavatli uylar “soya”sida qolib ketmoqda. Aholi esa bundan norozi.

    — Hovlimizning har bir burchagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga ko‘rinib turadi, — deydi aholi vakillaridan biri Lobar Boboyeva. — Shu boisdan ham bunday sharoitda yashab bo‘lmaydi. Ko‘p qavatli uy shundoqqina “burnimiz tagida”. Shahar hokimi Jamshid Fozilovning 2015-yil 27-iyul kuni bizga yuborgan ogohlantirish xatida biz yashayotgan 46-xonadon ham buzilishga tushgani haqida aytilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, shahar hokimining ushbu ogohlantirish xatida aholi xonadonlari Prezidentning 2013-yil 25-iyuldagi “Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qizil chiziqqa tushgani yozilgan.

    — Rejaga ko‘ra, biz yashayotgan uylar o‘rni bolalar o‘yingohi bo‘lishi kerak ekan, — deydi Lobar Boboyeva. — Ammo ko‘rib turganingizdek, ishlar yakuniga yetmadi.

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, hududda qad rostlagan ko‘p qavatli uylar yonida haqiqatan ham bolalar o‘yingohi qurilmagan.

    Ushbu ko‘chada yashovchi Xolmamat Aliqulovning aytishicha, buzilishi mo‘ljallangan 15 ta xonadon saralab buzilgan va zarar qoplab berilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bizdan oldingi va keyingi uylar buzilgan, ammo o‘rtada biz va qo‘shnilarimiz yashayotgan 3 ta xonadon qolib ketdi, — deydi Xolmamat Aliqulov. — Uyimiz buzilishga tushadi deyishgani bois, ikkilanib qoldik. Xotirjam yasholmayapmiz, arosatda qoldik.

    Aholi shikoyatiga ko‘ra, ular yashayotgan uylarning shundoqqina peshonasida qad rostlagan ko‘p qavatli uy qurilishi paytida hovli devorlariga zarar yetgan. Hojatxonalar qulab tushgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — “Dom” qurilayotgan payt hovlimiz devorlariga katta zarar yetkazildi, — deydi Lobar Boboyeva. — Qurilish materiallari olib kelib to‘kilishi natijasida devorlarimiz quladi. Qulagan devorlar o‘rniga devor qurilmasdan, vaqtincha yopib ketildi. Qolaversa, yomg‘irli mavsumda “dom” tomidan tushayotgan oqova suvlar to‘g‘ri kelib bizning hojatxonaga kiryapti, shu bois hojatxonamiz ham qulab tushdi. “Dom”dagilarga tomosha bo‘lib yashashimiz kamdek, endi moddiy zarar ham ko‘ryapmiz. Bu adolatsizlik emasmi?

    Qarshi shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazovning ma’lum qilishicha, aholi xonadonlari bilan yonma-yon joylashgan ushbu ko‘p qavatli uyni “Nazar bunyodkori” MChJ quruvchilari qurgan bo‘lib, moliyaviy ta’minot “Mikrokreditbank” zimmasida bo‘lgan. Ammo qurilish tashkiloti bankrot bo‘lgani bois, ishlar yakuniga yetmagan va boshqa quruvchi jalb etilgan. Ulug‘bek Avazovga ko‘ra, uy qurilishini yakunlagan quruvchi zarar uning davrida bo‘lmaganini aytib, zararni qoplashdan bosh tortishi mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Qurilish paytida aholi devorlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun shahar hokimligi aholi manfaatlarini ko‘zlab, Turdiali Xalilov rahbarligidagi “Nazar bunyodkori” MChJni sudga beradi, — deydi Ulug‘bek Avazov. — Sud qaroriga muvofiq zarar qoplab beriladi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan aholi vakillari buzilishga tushgan xonadonlari qoladigan bo‘lsa, ko‘p qavatli uy va xonadonlari o‘rtasida devor tortilishini istamoqda.

    — Xo‘p, agar ko‘p qavatli uylar uchun bolalar o‘yingohi shart bo‘lmasa va o‘sha paytda nazarda tutilgan loyiha bekor bo‘lgan bo‘lsa, biz hech narsa deyolmaymiz, — deydi Xolmamat Aliqulov. – Ammo bizga yetkazilgan zarar qoplansin. Ko‘p qavatli uy va hovlimiz o‘rtasida devor qurib berishsin. Bu devor “dom”dan tushayotgan suvlarga bardosh beradigan va 10-20 yilga kafolatlangan bo‘lsin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazovning ma’lumot berishicha, ushbu xonadonlar o‘rnida ham ko‘p qavatli uy qurilishi uchun aholi taklifiga binoan quruvchi tanlangan. Quruvchi taklif qilayotgan narx xonadon vakillarini qoniqtirmayapti.

    — Biz istiqomat qilayotgan 46-uyni 220 million so‘mga narxlashyapti, — deydi Lobar Boboyeva. – Ammo bundan ikki yil ilgari uyimizni 314 million so‘m baholashgan. Qanday qilib men kam narxga beraman? Ertaga o‘rniga yana uy sotib olishim bor. Quruvchining o‘zi qurgan ko‘p qavatli uylardan bir xonali uyning narxini so‘rab ko‘ring, binoyidek hovli uchun berilayotgan puldan ham baland.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bizning hovlimiz uchun 200 million taklif qilishdi, — deydi Dilsora Nomerova. – Ammo biz narxlatgan paytimiz 220 million deyishgan. Shuning uchun rozilik bermayapmiz.

    Xolmamat Aliqulov yashab kelayotgan hovlisini 490 million baholashgani, ammo shu paytga qadar biror bir quruvchi narx taklif qilmaganini bildirmoqda.

    Mavzuga doir: Adliya vaziri Ruslanbek Davletov: “Odamlarning uyini buzib, ko‘chaga chiqarib qo‘yib, kompensatsiya to‘lamaslik — vahshiylik!”

    Shahar hokimi o‘rinbosari Ulug‘bek Avazov hamda hokimlik axborot xizmati rahbari Mirzohid Jo‘rayev bilan suhbatimiz davomida “ushbu ko‘p qavatli uylar loyihasida shikoyat qilayotgan aholi xonadonlari o‘rnida bolalar o‘yingohi bo‘lishi nazarda tutilganmi yoki yo‘qmi?” degan savolimiz ochiq qoldi. Mas’ullar ushbu masala bilan qiziqib, tez orada ma’lum qilishlarini aytishdi. Ammo aytilgan muddatda ma’lumot berilmadi.

    Qarshi shahrini zamonaviy shahar qilish uchun o‘sha paytda qilingan ishlar tahsinga loyiq, albatta. Shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish, toboro ko‘payib borayotgan shahar ahlining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida zamonaviy ko‘p qavatli uylarning qad rostlashi esa nur ustiga nur.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biroq, har bir ish belgilangan rejaga ko‘ra bajarilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Aholi shikoyatini o‘rganish davomida ko‘plab savollar ochiq qoldi. “Kitob” ko‘chasidagi 15 ta xonadonga nima uchun buzilishi to‘g‘risidagi ogohlantirish xati berildi? Ushbu xonadonlar o‘rnida haqiqatdan ham bolalar o‘yingohi bo‘lishi nazarda tutilganmidi? Unda nega loyihada ko‘rsatilgan ishlar yakuniga yetmadi?

    Ochiq qolayotgan savollarga mas’ullar tez orada javob beradi degan umiddamiz.

     

    06.10.2019, 14:08   Izoh (0)   27917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada O‘zbekiston bayrog‘i ko‘rinishidagi paypoq sotilishi to‘xtatiladi (video)

    06.10.2019, 13:47

    O‘zbekistonda 2 ta xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

    06.10.2019, 13:05

    Toshkentda turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlarining ilk majlisi bo‘lib o‘tdi (foto) 

    06.10.2019, 12:44

    Qashqadaryoda Damas haydovchilarining hujjati olib qo‘yilib, paxtaga odam tashishga majbur qilingani aytilmoqda

    06.10.2019, 11:45

    Farg‘onada 40 milliard so‘mlik sport majmuasi ishga tushdi

    06.10.2019, 11:24

    Andijonda “tonirovka” uchun qalbaki ruxsatnomalar tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh fosh etildi (video)

    06.10.2019, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.