Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasining “Daryo”ga xabar berishicha, 27-sentabr kuni “Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi” nomi bilan tarqalgan video hamda ayolning surati bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, suratdagi ayol buxorolik G.S. ekanligi aniqlangan. U dugonasining iltimosiga ko‘ra, uning qizini o‘zining 7 yoshli farzandi bilan birga Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 187-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan olib kelishga borgan. Maktabda dugonasining qizi G.S.ni tanimagan, u bilan ketishni istamagan va maktab xodimlarining e’tiboriga tushgan. Oqibatda anglashilmovchilik fuqarolar tomonidan suratga olinib, “bola o‘g‘risi” deb, tasdiqlanmagan noto‘g‘ri xabarlar tarqatilgan.
Izoh (0)