• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev turkiyalik oliy martabali mehmonlarni qabul qildi

    4-oktabr, juma kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi majlisi va Investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dat Amreyevni qabul qildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston va Turkiy kengash o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    O‘zbekiston 14-sentabr kuni 2009-yil 3-oktabrda imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini ratifikatsiya qildi hamda tashkilotning joriy yil 15-oktabr kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan yettinchi sammitida to‘la huquqli a’zo sifatida ishtirok etadi.

    O‘zbekiston va Turkiy kengash mamlakatlarini azaldan nafaqat madaniyat, til, ma’naviyat mushtarakligi, balki an’anaviy do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turishi ta’kidlandi.

    Uchrashuvda Turkiy kengashning birinchi navbatda savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, turizm, madaniy-gumanitar almashinuvlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy sheriklikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi samarali mintaqaviy tuzilma sifatidagi salohiyatiga yuksak baho berildi.

    Turkiy kengash bosh kotibi O‘zbekiston Prezidentiga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, mamlakat Kengashga to‘la huquqli a’zo sifatida kirishi bilan samimiy tabrikladi.

    O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi tashkilot doirasida samarali ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada jadal rivojlantirishga xizmat qilishi alohida qayd etildi, deyiladi xabarda.

    Bag‘dat Amreyev O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasida, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.

    O‘zbekiston xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda, avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotganini alohida qayd etdi.

    Oliy martabali mehmon davlat rahbariga Turkiy kengashning bo‘lajak sammitiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida ma’lumot berdi hamda Kengash bilan O‘zbekiston o‘rtasida samarali munosabatlarni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini tasdiqladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktabr, juma kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘lini ham qabul qildi.

    Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

    2017-yilning kuzida Turkiyada va o‘tgan yilning bahorida O‘zbekistonda davlat tashriflari doirasida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar konstruktiv siyosiy muloqot va amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilgani alohida qayd etildi.

    Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, turizm, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni faol ilgari surish muhimligi ta’kidlandi, deyiladi xabarda.

    Uchrashuvda Rifat Hisorjiqli o‘g‘li samimiy qabul uchun O‘zbekiston rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

    Keyingi yillarda 750 dan ziyod qo‘shma korxona tashkil etilgani, shuningdek, o‘zaro savdo hajmi ikki barobar ortgani Turkiya biznesining O‘zbekiston bozoriga chiqishdan manfaatdorligi ortib, ishbilarmonlik aloqalari mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

    Rifat Hisorjiqli o‘g‘li Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari — Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi a’zolari ustuvor loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklari hamda bu masalalarni o‘zbekistonlik sheriklar bilan Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlarning birinchi Investitsiya forumi va Ishbilarmonlar kengashi majlisida muhokama qilishni rejalashtirganini ta’kidladi.

    Uchrashuv so‘ngida mehmon O‘zbekiston—Turkiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish borasida qat’iy ekinini tasdiqladi, deyiladi xabarda.

    04.10.2019, 23:58   Izoh (0)   23786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida YPX inspektorlari 1 kunda 300 ga yaqin piyodani jarimaga tortdi

    04.10.2019, 23:29

    Majburiy ijro byurosi Nukusda bank foydasiga 3,3 mlrd so‘mlik kredit qarzini undirib berdi

    04.10.2019, 22:58

    Yangiyo‘lda yuk mashinasi yonib ketdi

    04.10.2019, 22:29

    Jizzaxda mast erkak otasini pichoqlab o‘ldirdi

    04.10.2019, 21:58

    Toshkentda “tonirovka”ni vositachi orqali hal qilmoqchi bo‘lgan shaxs 22 mln so‘mdan ayrildi

    04.10.2019, 21:29

    O‘zbekiston Prezidenti huzurida yangi agentlik tashkil etildi

    04.10.2019, 21:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.