Chechenistonda yashovchi fuqaro Grozniydagi “Grand-Park” savdo markazida yuz bergan yong‘in payti “Alanga baravj bo‘laversin” deya xirgoyi qilingan video uchun kechirim so‘radi.
Kadrlarda ishchi kiyimdagi va qo‘lida belkurak tutgan yigit savdo markazi hududini tozalayotgani aks etgan. U chechen tilida gapirgan va o‘zini rolik muallifi Adam Ibayev deb tanishtirgan. Ibayev o‘zining harakatini “erkaklarga va chechenlarga xos bo‘lmagan” deb atagan.
https://www.instagram.com/p/B3H5dGGF_oL/
“Barchadan olingan ushbu video uchun kechirim so‘rayman. Xalqimga murojaat qilib, erkaklarga va chechenlarga xos bo‘lmagan video olmasliklari, bizga yarashmaydigan gaplarni gapirmasliklarini so‘rayman”, — deydi Ibayev.
Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov oldinroq mazkur video egasini zudlik bilan topishga ko‘rsatma bergandi.
Izoh (0)