Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 6-turi doirasida 28-sentabr, shanba kuni 2 ta o‘yin nihoyasiga yetdi.
Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida SPALni qabul qildi.
Uchrashuvning 45-daqiqasida “keksa sinyora” yarim himoyachisi Miralem Pyanich hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqaga kelib turinliklar yetakchisi Krishtianu Ronaldu hsiobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa “Yuventus” o‘z uyida SPAL ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng Turin klubi ochkolari sonini 16 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 19-o‘rinni band qilib turgan SPAL hisobida esa 3 ochko mavjud.
Shu kuni Antonio Konte boshchiligidagi Milanning “Inter” jamoasi safarda “Sampdoriya”ni qabul qildi.
Bellashuv davomida Milan klubi vakillari Stefano Sensi (20), Aleksis Sanches (22), Roberto Galyardini (61) gol urgan bo‘lsa, mezbon jamoadan Yakub Yankto (55) Samir Handanovich qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.
Natijada “Inter” navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.
Qayd etish joiz, Konte jamoasi 18 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetkachilik qilmoqda. So‘nggi o‘rinda borayotgan “Sampdoriya” esa 3 ochko jamg‘argan.
A Seriya
6-tur bahslari
28-sentabr, shanba
“Yuventus”—SPAL 2:0
Gollar: 1:0 — 45 Pyanich, 2:0 — 78 Ronaldu“Sampdoriya”—“Inter” 1:3
Gollar: 0:1 — 20 Sensi, 0:2 — 22 Sanches, 1:2 — 55 Yankto, 1:3 — 61 GalyardiniYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)