Amazon kompaniyasining ovozli yordamchisi Alexa mashhur insonlarning ovozida gapiradi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Boshqa ovozli yordamchilardan farqli ravishda Alexa avvaldan yozib qo‘yilgan jumlalardan foydalanmaydi. Buning o‘rniga o‘rnatilgan neyrotarmoq boshqa ovozlar, jumladan mashhurlarning gaplarini eshittiradi.
Loyihaga Gollivudning eng so‘kong‘ich aktyorlaridan biri bo‘lgan Samyuel L. Jekson taklif qilindi. Aynan yulduzning muxlislari uchun Alexa ikki xil versiyada: madaniyat bilan va so‘kinib gapiradi. 2020-yilda Alexa’ga boshqa mashhurlarning ham ovozlari qo‘shiladi.
Oktabrdan boshlab Alexa’da ikki tilda ishlash funksiyasi ham paydo bo‘ladi. AQShdagilar ingliz va ispan, Kanada ingliz, fransuz, Hindistonda ingliz yoki hind tilidan birini tanlashi mumkin.
Alexa ovozli yordamchi dasturi Amazon va boshqa ishla chiqaruvchilarning aqlli karnaylarida, smartfonlar, komputerlar va avtomobillarning ayrim modellarida ishlaydi.
Izoh (0)