Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari Fransiya fuqarosining yo‘qolgan pasportini topib berdi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasiga xodim Ozoda Ibrohimova TIF Milliy bank Urganch bo‘limi Xiva filialiga qarashli valyuta ayriboshlash shoxobchasida pasport unutib qoldirilgani haqida xabar bergan.
Pasport Fransiya fuqarosi 1975-yil 3-iyunda tug‘ilgan Gayraud Julien Jeromega tegishli bo‘lgan. Pasportning egasini topish uchun Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari “Ichan-Qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududi bo‘ylab surishtiruv o‘tkazgan. Pasport egasi “Bibimaryam” oilaviy mehmon-uyida vaqtincha yashab turgani aniqlangan. Sayyoh Visa plastik kartasidan pul yechib olishda valyuta ayriboshlash shoxobchasiga kirgan, pasportni sumkasidan olgan va unutib qoldirgani ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)