Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 6-turi doirasida 24-sentabr, seshanba kuni 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Vilyarreal”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Antuan Grizmann Lionel Messi uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 15-daqiqaga kelib braziliyalik Artur hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 44-daqiqada esa “Vilyarreal” sardori Santi Kasorla qoyilmaqom gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa o‘yin 2:1 hisobida “Barselona” foydasiga yakunlandi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar ochkolari sonini 10 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Vilyarreal” esa 8 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.
Qayd etish joiz, mazkur o‘yinda Messi yana jarohat oldi va uning o‘rniga Usmon Dembele 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
La Liga
6-tur bahslari
24-sentabr, seshanba
“Valyadolid”—“Granada” 1:1
Gollar: 1:0 — 12 Plano, 1:1 — 42 Fernandes“Betis”—“Levante” 3:1
Gollar: 0:1 — 7 Ernani, 1:1 — 45 Moron, 2:1 — 48 Moron, 3:1 — 67 Iglesias“Barselona”—“Vilyarreal” 2:1
Gollar: 1:0 — 6 Grizmann, 2:0 — 15 Artur, 2:1 — 44 KasorlaYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)