• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Barselona” yutqazdi, “Real”ning ko‘chasida bayram. Benzema esa to‘purarga aylandi. La Ligada tur tafsilotlari

    20—22-sentabr kunlari Ispaniya chempionatida 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” odatdagidek tur tafsilotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    “Atletiko” — “Selta”

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Madridliklar klubi bu turda ham kutilmaganda ochko yo‘qotdi. O‘tgan turda “Real Sosyedad”ga imkoniyatni boy bergan “matraschilar” bu gal o‘z maydonida “Selta”ni mag‘lub eta olmadi. Butun uchrashuv mobaynida total ustunlikka ega bo‘lgan mezbonlar hujumlarni golga aylantira olmadi. Shu tariqa “Selta” klubi “Valensiya” va “Sevilya” qatorida Madrid klubidan ham ochko tortib oldi.

    Diyego Simeone jamoasi so‘nggi uch o‘yinda bir mag‘lubiyat va ikki durang qayd etdi. “Atletiko” Chempionlar Ligasi doirasida “Yuventus” bilan durang o‘ynagandi (2:2). Mazkur yo‘qotishlar madridliklarning 6-o‘ringa tushib ketishiga sababchi bo‘ldi.

    “Granada” — “Barselona”

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Yana bir sensatsion natija Granadada qayd etildi. Amaldagi chempion “Barselona” navbatdagi ochkolarni boy berdi. Dastlabki daqiqalarda Ramon Aziz hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga yaqin Alvaro Vadilyo hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

    Uchrashuvda katalonlar nafaqat natija borasida, balki o‘yin tomonlama ham raqibdan ortda kuchsiz ko‘rindi. “Barselona”ning safar o‘yinlaridagi g‘alabasiz seriyasi yetti o‘yinga yetdi. Bundan tashqari “ko‘k-anorranglilar” La Ligada ketma-ket to‘rtta o‘yinda ikki va undan ortiq gol o‘tkazib yubordi. Bunday natija oxirgi marta Xosep Gvardiola davrida yuz bergandi.

    “Sevilya” — “Real”

    Foto: Twitter/@RealMadrid

    Foto: Twitter/@RealMadrid

    Turning markaziy uchrashuvi “Sevilya” va “Real” jamoalari o‘rtasida kechdi. Parijdagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng Zinedin Zidan shogirdlarini jiddiy sinov kutib turgandi. O‘yin kutilganidek keskinlik va prinsipiallikka boy bo‘ldi. Mezbonlar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va himoyachi Serxio Regilon sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatishga urinishi tayin edi.

    Bu o‘yinga “Real” o‘zgacha ruhda tayyorgarlik ko‘rgani bilinib turdi, ilk daqiqalardan vaziyatni qo‘lga olishga uringan madridliklar butun bahs davomida raqibga darvoza tomon aniq zarba berishga yo‘l qo‘ymadi. Uchrashuvda Karim Benzema tomonidan kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi.

    Shu tariqa “Sevilya”ning ushbu mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi. “Real” esa to‘rt yil deganda ilk bor “Ramon Sanches Pisxuan” stadionidan uch ochko ishlab qaytdi.

    “Valensiya” — “Leganes”

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Foto: Twitter/@LaLiga

    Hafta o‘rtasida Chempionlar Ligasi 1-turida Londonda “Chelsi”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Valensiya” Primerada kutilmagan natija qayd etdi. O‘tgan turda “Barselona”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan valensiyaliklar bu safar yaqqol autsayder “Leganes”ga qarshi bahs o‘tkazdi. Ushbu mavsum birorta ham ochko to‘play olmagan mehmonlar nomdor raqib bilan durang o‘ynadi.

    Tur raqamlari

    Ushbu turda darvozalarga jami 19 marta to‘p kiritildi. Tur nafaqat golga kamligi, balki nursiz o‘yinlarga boyligi bilan ham ajralib turdi. Hozircha “Atletik”, “Real” va “Osasuna” mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. “Eybar” va “Leganes” esa hali g‘alabaga erishgani yo‘q. “Barselona” eng ko‘p (12 ta) gol urish bilan birga, o‘tkazib yuborilgan (9) to‘plar borasida ham yetakchilar qatorida.

    Musobaqa jadvalidagi holat

    5-turga keliboq peshqadam jamoalar ham to‘rt ochkodan yo‘qotishga majbur bo‘ldi. Jadvalda “Atletik” va “Real” 11 ochkodan to‘plagan holda yetakchi bo‘lib turibdi. Ulardan keyin to‘rtta jamoada 10 ochko bilan ketma-ket joylashgan: “Granada”, “Real Sosyedad”, “Sevilya” va “Atletiko”. “Barselona” esa 7 ochko bilan 8-o‘ringa tushib ketdi. “Valensiya” bir g‘alaba va ikki durang bilan 12-pog‘onada turibdi.

    La Liga

    5-tur bahslari

    20-sentabr, juma

    “Osasuna”—“Betis” 0:0

    21-sentabr, shanba

    “Vilyarreal”—“Valyadolid” 2:0

    Gollar: 1:0 — 77, penalti Kasorla, 2:0 — 89 Ontiveros

    “Levante”—“Eybar” 0:0

    “Atletiko”—“Selta” 0:0

    “Granada”—“Barselona” 2:0

    Gollar: 1:0 — 2 Aziz, 2:0 — 66, penalti Vadilyo

    22-sentabr, yakshanba

    “Xetafe”—“Malyorka” 4:2

    Gollar: 1:0 — 7, avtogol Baba, 2:0 — 33, penalti Molina, 3:0 — 63 Nyom, 3:1 — 70 Budimir, 3:2 — 77 Budimir, 4:2 — 84 Rodriges

    “Espanyol”—“Real Sosyedad” 1:3

    Gollar: 0:1 — 18 Villian Joze, 0:2 — 34 Villian Joze, 1:2 — 71, avtogol Saldua, 1:3 — 75 Isak

    “Valensiya”—“Leganes” 1:1

    Gollar: 1:0 — 21, penalti Parexo, 1:1 — 35 Oskar Rodriges

    “Atletik”—“Alaves” 2:0

    Gollar: 1:0 — 38, penalti Raul Garsiya, 2:0 — 72 Muniain

    “Sevilya”—“Real” 0:1

    Gol: 0:1 — 64 Benzema

    Musobaqa jadvali

    Foto: Twitter/LaLiga

    Foto: Twitter/LaLiga

    To‘purarlar ro‘yxati

    Foto: Twitter/LaLiga

    Foto: Twitter/LaLiga

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    23.09.2019, 23:13   Izoh (0)   30427
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks bo‘yicha Jahon chempioni Shahobiddin Zoirovga Chevrolet Tracker sovg‘a qilindi (foto)

    23.09.2019, 20:42

    Vadim Abramov “Bunyodkor”dan ketmaydigan bo‘ldi

    23.09.2019, 19:19

    Van Deyk, Ronaldu, Messi. FIFA bugun yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi

    23.09.2019, 18:57

    Vadim Abramov — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

    23.09.2019, 17:37

    O‘zbekistonlik Jahon chempionlari Toshkentda kutib olindi (foto va video)

    23.09.2019, 16:52

    Shomurodov to‘purar, “Rostov” esa mag‘lub, “Zenit”dan gollar shousi. RPLda tur tafsilotlari

    23.09.2019, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20

    Qadimgi Misr diyetasi: mashhur piramidalar quruvchilari qanday ovqatlangan?

    Layfstayl | 18 iyul, 22:05

    Bir qator mamlakatlarda Google ishida uzilishlar yuz berdi

    Dunyo | 18 iyul, 21:50

    “Al-Hilol” APL yulduzi uchun kurashga kirdi

    Sport | 18 iyul, 21:45

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.