Ichki ishlar organlariga 29 yoshli Alisher Ya. murojaat qildi. Uning ma’lum qilishicha, 23 yoshli Qobiljon N. uni Latviyada ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga 6 ming dollar so‘ragan.
“6-sentyabr kuni kechqurun Mirzo Ulug‘bek tumanida 3900 dollarni olayotganida Qobiljon N. ichki ishlar organi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan”, — deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, Qobiljonga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)