Toshkent markaziy vokzalidan “Toshkent—To‘rtko‘l—Miskent—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha “Salomatlik” poyezdi yo‘lga chiqdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
22—27-sentabr kunlari ushbu yo‘nalishda istiqomat qilayotgan aholi mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, hududdagi tibbiy va ijtimoiy muassasalarga, kam ta’minlangan, himoyaga muhtoj oilalarga manzilli ravishda oziq-ovqat paketlari hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan aholiga nogironlar aravachalari, dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat insonparvarlik yordami tarqatiladi.
Izoh (0)