Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges AQSh prezidenti Donald Trampga ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni qayta tiklash jarayonini boshlashni taklif qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Rodriges Venesuela prezidentini ag‘darishga muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng “AQShda faqat bitta yo‘l — diplomatik muloqot va muzokaralar” borligini qo‘shimcha qilgan.
“Qo‘shma shtatlar hukumatidan biz kutayotgan yagona narsa — bu diplomatik kanallar va prezident Nikolas Maduro hukumati bilan muloqot qilish”, — deydi Rodriges.
Ma’lumot uchun, yanvar oyida oppozitsiya yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi deb e’lon qilgan edi.
Uni AQSh, Lotin Amerikasining bir necha mamlakatlari hamda Yevropaning aksar mamlakatlari qo‘llab-quvvatladi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va Kuba Maduroni haqiqiy prezident deb hisoblaydi.
Izoh (0)