Robert O’Brayen AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar beradi Meduza.
Hozirda O’Brayen Davlat departamentida prezidentning asirlar ishi bo‘yicha maxsus maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
AQSh prezidentining bundan oldingi maslahatchisi Jon Bolton 10-sentabr kuni ishdan bo‘shatib yuborilgan edi. Bolton Rossiya, Eron, KXDR va Venesuelaga qarshi qattiq choralar ko‘rish tarafdori bo‘lgan.
Izoh (0)