Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonida joylashgan Maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalariga qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, mashg‘ulot doirasida guruh shaxsiy tarkibiga belgilangan hududga xavfsiz yetib borish, shartli dushmanni qidirib topish va marsh brosok o‘tkazish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish hamda suv to‘siqlaridan o‘tish kabi maxsus vazifalar bajarilgan.
Shuningdek, ekstremal sharoitlarga (dasht, cho‘l yoki notanish hududga) tushib qolgan yosh harbiy xizmatchilar tomonidan tez fursatda olov yoqish, hayvonlarni ovlash, suvni ichishga yaroqli holatga keltirish kabi usullar o‘ylab topilgan.Tadbir yakunida maxsus mashqlarni bajarishda bo‘linma tarkibi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda afzalliklar ko‘rsatilib o‘tildi, – deyiladi ma’lumotda.
Izoh (0)