Denovda er-xotin janjali pichoqbozlik bilan yakun topdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma‘lum qildi.
Qayd qilinishicha, Denov tumani “Quyoshli yurt” mahallasida yashovchi Nodir B. (ismi o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i bilan qattiq janjallashib qoladi. Janjal paytida Nodir B. o‘zi va turmush o‘rtog‘i Zamira B.ni oshxona pichog‘i bilan bir necha marotaba tanasining turli qismlariga urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Nodir B. Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalarining 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)