O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17-sentabrdan amal qiladigan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra,
- AQSh dollari kursi 15 so‘m 67 tiyinga o‘sib, 9411,30 so‘mga yetgan;
- yevro kursi 60 so‘m 57 tiyinga o‘sib, 10 421,13 so‘mga yetgan;
- rubl kursi 3 so‘m 55 tiyinga o‘sib, 146,51 so‘mga yetgan.
Avvalroq Markaziy bank kursni erkin qo‘yib yuborganini, biroq valyuta birjasidagi savdo ma’lumotlariga asoslanib har dushanba kuni valyuta kurslarini e’lon qilib borishini ma’lum qilgan edi.
Valyuta birjasidagi 13-sentabrdagi savdolar yakuniga ko‘ra dollar kursi 9 425 so‘mni tashkil etgan edi.
Izoh (0)