• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yamanlik isyonchilarning dronlari Saudiya neft obyektlariga so‘nggi 10 yildagi eng katta hujumni amalga oshirdi. Mamlakatda neft qazib olish ikki barobar qisqardi

    Davomi: AQSh Saudi Aramco’ga uyushtirilgan hujumda Eronni aybladi. Avvalroq yamanlik isyonchilar javobgarlikni o‘ziga olgan edi

    Saudi Aramco neft kompaniyasining ikki obyektiga dronlar hujum qildi, deya xabar berdi Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi. Bunda gap kattaligi bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinda turuvchi Xurais koni va Abkaik konidagi neftni qayta ishlash zavodi haqida bormoqda. Saudi Aramco uni neftni tashish uchun barqarorlashtirish bo‘yicha jahondagi eng yirik zavod deb ataydi, shuningdek, u kompaniyaning neftni qayta ishlash bo‘yicha yirik zavodlaridan biri hamdir. U yerda bir kecha-kunduzda yetti million barrelgacha neftni qayta ishlash mumkin.

    Hujum oqibatida yong‘inlar kelib chiqqan. Jabranuvchilar haqida ma’lumot yo‘q. Portlovchi uskunalar o‘rnatilgan dronlar 14-sentabrga o‘tar kechasi Saudi Aramco obyektlariga hujum qilgan; tongga yaqin Saudiya rasmiylari alangani qurshab olishga muvaffaq bo‘lingani haqida ma’lum qildi. Al-Arabiya kanali yong‘inlar vaqtida hech kim jiddiy shikastlanmagani haqida xabar berdi, biroq jabrlanuvchilar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Reuters agentligi o‘z muxbiriga asoslanib xabar berishicha, Abkaikdagi neftni qayta ishlash zavodi oldida 15 ga yaqin tez yordam mashinalari bo‘lgan.

    https://twitter.com/QanatAhrar/status/1172776446135287808

    Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi isyonchi xusiylar o‘z zimmasiga oldi. Ular hujum vaqtida 10 ta drondan foydalanilganini va bu Saudiya Arabistonining Yamandagi qurolli mojarodagi ishtiroki uchun javob ekanini ma’lum qildi. Xusiylar bungacha kamida ikki marta Saudiyaning neft obyektlariga hujum qilgan edi. So‘nggi hujum avgust oyida yuz bergan edi. Bu hujum oqibatida Sheyba konida yong‘in kelib chiqqan (bu kon ham Saudi Aramco’ga tegishli), ammo neft qazib olish hajmiga ta’sir ko‘rsatmagan edi. Bloomberg’ning yozishicha, joriy hamla Saudiya Arabistoni neft konlariga so‘nggi 10 yil ichida amalga oshirilgan eng katta hujum bo‘lgan (avvallari mamlakat neft konlariga, masalan, “Al-Qoida” hujum qilgan).

    Hujumdan so‘ng Saudiya Arabistonida neft qazib olish hajmi ikki barobarga qisqardi, deya ta’kidlamoqda Bloomberg va Reuters manbalari. Har ikkala agentlik suhbatdoshlarining ma’lum qilishicha, Saudi Aramco hujumdan so‘ng qazib olishni besh million barrelgacha kamaytirgan. Bu Saudiya Arabistonida qazib olinadigan kunlik neft miqdorning 50 foizi, jahon bo‘yicha esa — 5 foizidir. Ayni vaqtda, Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish sur’atlari 48 soat ichida to‘liq qayta tiklanishi mumkin. Reuters’ning manbalari hujum neft eksporti hajmiga ham ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagan, biroq aniq raqamlar aytilmagan. Hodisa neftning jahon bozoridagi narxlariga ta’sir ko‘rsatganicha yo‘q, chunki dam olish kunlari birjalarda savdolar o‘tkazilmaydi.

    Saudi Aramco — neft sotish bo‘yicha jahondagi eng yirik kompaniya. U Saudiya Arabistonining davlat kompaniyasi bo‘lib, 2018-yili jahondagi eng serdaromad shirkat sifatida tan olingan. Saudi Aramco’ning sof foydasi 111 milliard dollarni tashkil etgan. Bu, masalan, Apple, Google va ExxonMobil’ning birgalikdagi ko‘rsatkichlaridan ham ko‘proq. Saudi Aramco hali birjaga chiqmagan; kompaniya yaqin vaqt ichida o‘z aksiyalarini birjaga birlamchi chiqarishni (IPO) rejalashtirmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bu noyabr oyidayoq yuz berishi mumkin.

    Xusiylarni Eron qo‘llab-quvvatlaydi. Saudiya Arabistoni va AQSh so‘nggi oylarda Fors ko‘rfazida tankerlarga uyushtirilayotgan hujumlarda aynan Eronni ayblab kelmoqda. Hujumlar may va iyun oylarida yuz bergan, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan kelayotgan kemalar nishonga olingan edi. Ushbu hujumlar AQSh Eron bilan erishilgan yadroviy kelishuvdan chiqib, ushbu mamlakatga nisbatan sanksiyalarni qayta tiklaganidan so‘ng boshlangan edi.

    15.09.2019, 12:37   Izoh (0)   18773
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp Osama bin Ladenning o‘g‘li AQSh maxsus operatsiyasi natijasida o‘ldirilganini ma’lum qildi

    14.09.2019, 22:47

    Saudi Aramco kompaniyasining eng yirik zavodida yong‘in yuz berdi. Bunga dronlar hujumi sabab bo‘ldi

    14.09.2019, 19:52

    AQSh Shimoliy Koreya hakerlariga nisbatan sanksiya qo‘lladi

    14.09.2019, 13:34

    Emomali Rahmonning kuyoviga tegishli monopolist kompaniya mulkini sotish va faoliyatini tugatish haqida e’lon qildi

    14.09.2019, 10:11

    Emomali Rahmon sifatsiz qurilgan uylar uchun qudasining kompaniyasini keskin tanqid qildi

    13.09.2019, 23:44

    Rossiyaning “Burevestnik” raketasi bilan o‘tkazilgan besh sinovning bari muvaffaqiyatsiz chiqqan

    13.09.2019, 22:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.