Video: Ichki ishlar organi xodimi tayog‘i bilan odamlarni uryapti
Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimi qo‘lidagi tayog‘i bilan odamlarni urayotgani aks etgan videoyozuv tarqaldi. Voqea aynan qachon, qayerda, nima sababdan yuz bergani noma’lum.
Videoda xodim qo‘lidagit tayoq (katta ehtimol bilan, YPX xodimi jezli) bilan odamlarning boshiga urayotganini, odamlar uni tinchlantirishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, boshqa bir guruh odamlar yo‘l chetidagi hushsiz ayolga yordam ko‘rsatishga urinmoqda. Ayolning ahvoli haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi ayolga qo‘l ko‘targani bilan bog‘liq videoyozuv tarqalgan edi. Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi hodisada YPX xodimi tan jarohati olgan.
Mavzuga doir: Video: Ichki ishlar organi xodimi ayolni kaltaklamoqda
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
