Shayxontohur tumani Majburiy ijro byurosi banklar foydasiga kredit qarzdorlik summasini to‘liq undirib berdi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Ma’lumotda qayd etilishicha, “Agrobank” OATB Xorazm viloyati Pitnak filiali foydasiga 564 million 430 ming so‘m, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qo‘ng‘irot filiali foydasiga 460 million so‘m, TIF “Milliy bank” Toshkent shahri bosh boshqarmasi “Sayohat” filiali foydasiga 500 million so‘m undirilgan.
Shayxontohur tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan jami 1 milliard 524 million 430 ming so‘m miqdorda kredit qarzdorligi undirib berilgan.
Avvalroq MIBning “O‘zbekiston pochtasi” foydasiga “O‘ztransgaz”dan 1 milliard so‘m undirib bergani haqida xabar bergandik.
Izoh (0)