• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda bir kunda 722 raqamli o‘nlab Range Rover’larning “nomer”lari majburan almashtirilgan. Sababi — “tepadan shunday buyruq bo‘lgan”

    Ijtimoiy tarmoqlarda 13-sentabr, juma kuni davlat raqam belgisi 722 sonidan iborat Range Rover yo‘ltanlamaslari bilan bog‘liq foto, video va ovozli xabarlar paydo bo‘ldi. Tarqatilgan media materiallarda asosan Toshkentdagi to‘y-marosimlarda xizmat ko‘rsatuvchi ushbu qimmatbaho avtomobillarning davlat raqam belgilari yo‘l harakati xavfsizligi idoralarida boshqasiga almashtirilganini ko‘rish mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Range Rover’ining davlat raqam belgisi 722 dan boshqasiga almashtirilgan haydovchilar va Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati bilan bog‘landi.

    Range Rover egalarining fikrlari

    Ikkita Range Rover’i bor fuqaroning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, unga 12-sentabr, payshanba kuni soat 15:00 atrofida yo‘l harakati xavfsizligi idorasidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, 722 raqamli Range Rover ishtirokida piyodani urib yuborish bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz bergani munosabati bilan, birrovga idoraga kelib ketish so‘ralgan.
    Mashinam haydovchida edi. Men: “Xo‘p, haydovchim ishini bitirib aytgan joyingizga boradi”, dedim. Lekin u yo‘lda ketayotganida YPX xodimlari uni to‘xtatgan — o‘sha paytda 722 raqamli Range Rover’larni ushlash bo‘yicha reyd bo‘layotgan ekan. Haydovchimning haydovchilik guvohnomasi o‘zining mashinasida qolib ketgan ekan — shuning uchun mening Range Rover’imni jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yishgan.

    Ikkinchi Range Rover’imni ham: “Tezda Sergelidagi yo‘l harakati xavfsizligi idorasiga keling, mashinaning raqamini almashtirmasanglar bo‘lmaydi”, deb chaqirishdi. Nima sababdan raqamni almashtirish kerak, deb so‘rasak: “Sababi yo‘q, tepadan shunday buyruq bo‘ldi, nomerni almashtirishinglar shart”, deyishdi. Men 20:30 ga yetib bordim. Borishimga hamma hujjatlarni tayyorlab qo‘yishgan ekan. Imzo qo‘yib berdim. Mashinaning raqamini yechib olib, boshqasini berishdi va yana 540 ming so‘m pul to‘lashim kerakligini aytishdi.

    “Pul to‘lamayman”, desam, raqamni almashtiryapsiz-ku, to‘lashingiz kerak, deb majburan to‘lattirishdi. Birinchi Range Rover’im esa jarima maydonchasida turibdi. Qachon qo‘yib yuborishlarini bilmayman. Aytishlaricha, mashinam nazoratga tushganmish.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” bilan suhbatlashgan boshqa bir Range Rover egasining aytishicha, bir kechada 64 ta 722 raqamli Range Rover’ning “nomer”lari almashtirilgan.

    Kecha shahar yo‘l harakati xavfsizligi idorasidan qo‘ng‘iroq qilib, mashinamni tezda olib borib, tekshirtirishim kerakligini aytishdi. Hozir ishdaligimni, kechroq o‘tishimni aytganimda, jarayon ko‘p vaqt olmasligini, besh daqiqada qo‘yib yuborishlarini aytishdi. Mayli, deb Chorsudagi avtoturargohga chaqirsam, 4—5 nafar YPX xodimi kelib, “GAIga borasanlar, o‘sha yerda rasmga olib, keyin qo‘yib yuboradi”, deyishdi va “tex-pasport”imni olib qo‘yishdi. Borganimdan keyin esa majburan 540 ming so‘m to‘latib, raqamimni yechib olishdi va shundan so‘ng “tex-pasport”imni qaytarib berishdi.

    Men mashinam garovda turganini, bank ruxsatisiz uning raqamini yechib bo‘lmasligini aytdim. Lekin YPX xodimlari: “Tepadan shunaqa buyruq kelgan”, deb turaverishdi. Bank bilan bog‘lansam, ular: “YPXga ayting, ruxsatimizsiz hech narsa qilmasligi kerak”, deyishdi. Sababini tushuntirishmadi. Bank xodimlari ham YPXga qo‘ng‘iroq qilganida ham aytishmadi sababini. Kecha men kabi 64 ta Range Rover’ning raqamini almashtirishgan, hammani 540 ming so‘mdan pul to‘lashga majbur qilishgan. Ularning ko‘pini 722 raqamli Range Rover odam urib yuborgan deb chaqirib olib, so‘ng raqamlarini almashtirishgan.

    Toshkent shahar IIBB nima deydi?

    Hozircha — hech nima. “Daryo” tahririyati 13-sentabr kuni kunning ikkinchi yarmida poytaxt IIBB matbuot xizmati bilan bir necha bor bog‘lanib, holat yuzasidan izoh olishga urindi, biroq “rasmiy xabarni kuting”, degan javobdan ortiq ma’lumot ololmadi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati vakili esa 722 raqamli Range Rover’lar bog‘liq holatdan bexabarligini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    13.09.2019, 21:42   Izoh (0)   393362
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida ko‘chma fotoradarlar soni ko‘paytirildi (foto)

    13.09.2019, 21:26

    Surxondaryoda aliment to‘lamay kelgan uch otaga sud hukmi o‘qildi

    13.09.2019, 21:10

    Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga tashrif buyurdi

    13.09.2019, 20:55

    Adliya vazirligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi g‘oliblari aniqlandi

    13.09.2019, 20:39

    Jahongir Ortiqxo‘jayevning ham O‘zbekistondan qochib ketgisi kelganmi? Toshkent hokimi bilan katta intervyu

    13.09.2019, 20:14

    O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov Qozog‘iston mudofaa vazirini qabul qildi

    13.09.2019, 20:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.