Toshkent shahar hokimligi jurnalist, bloger va shaharning barcha fuqarolariga murojaat yo‘lladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi kommunal sohaga daxldor xizmatlar tomonidan kuzgi-qishki mavsumni betalafot o‘tkazishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
“Shunga qaramay, hokimlik va mas’ul tashkilotlarning e’tiboridan chetda qolgan holatlar bo‘lishi mumkin.
Agar siz kuz-qish mavsumidan oldin hal qilinishi kerak bo‘lgan biror muammoni aniqlasangiz, Toshkent shahar hokimligining Facebook sahifasi orqali xabar berishingizni yoki bu haqidagi ma’lumotni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringiz/kanallaringizga joylashtirishingizni so‘raymiz.
Bu bilan shahardagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga tizimdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish masalasida sezilarli yordam bergan bo‘lasiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 210 01 63Amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur!”, — deyiladi poytaxt hokimligi murojaatida.
Izoh (0)