Shu kungacha Toshkentning Yakkasaroy tumaniga hokimlik qilib kelgan Baxtiyor Shomurotov endi poytaxtning boshqa — Sergeli tumaniga hokimlik qiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shomurotov bungacha Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent shahar va Sergeli tumani hokimliklari, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U Yakkasaroyga hokimligi davrida qozog‘istonlik sayyohlarga ko‘rsatgan yordami bilan tanilgan edi.
Sergeli tumanining avvalgi hokimi Nozim Husanovning nomzodi 12-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma’qullangan edi.
Toshkent shahar hokimligidan ma’lum qilishlaricha, Yakkasaroy tumaniga endi Anvar Sayfutdinov hokimlik qiladi.
Izoh (0)