Sloveniyada 28 nafar olimdan tashkil topgan guruh mamlakat prezidenti Borut Pahordan iste’foga chiqishni talab qildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Ushbu chaqiriqqa prezidentning Yevroittifoqdan Ukrainaga to‘laqonli a’zolik o‘rniga “o‘ziga xos maqom” berishni so‘ragani sabab bo‘lgan.
“28 nafar olimdan tashkil topgan guruh Borut Pahordan iste’foga chiqishni talab qildi. Bunga prezidentning Turkiya va Ukraina Yevroittifoq a’zoligiga umid qilmasligi kerakligi taxmin qilingan bayonoti sabab bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Olimlarning fikriga ko‘ra, agar Pahor o‘z xohishi bilan ketmasa, parlament unga impichment e’lon qilishi kerak.
Ziyolilarning aytishicha, prezidentning bayonoti noo‘rin bo‘lib, u mamlakatga “siyosiy va diplomatik darajada katta zarar yetkazgan”.
Izoh (0)