“O‘zstandart” agentligi Xitoyning Standartlashtirish Administratsiyasi (SAC) bilan ikki tomonlama hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, hamkorlik doirasida Standartlashtirish Administratsiyasi tomonidan “O‘zstandart” agentligiga Xitoy milliy standartlari kataloglari taqdim etilgan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va Xitoyga eksport qilinishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarga majburiy talablarni belgilovchi standartlar olinadi.
Bundan tashqari, kelgusida tegishli bo‘lgan Xitoy milliy standartlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazib beriladi.
Izoh (0)