UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov Abu Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 242 musobaqasi doirasida amerikalik Dastin Poryeni mag‘lub etdi.
Shu tariqa Habib faoliyatidagi ketma-ket 28-g‘alabasini nishonladi. Porye esa faoliyatidagi 6-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Qayd etish joiz, Habib jang arenasini tark etayotgan vaqtda unga muxlislar o‘tirgan tribunadan o‘zbekcha zarbon chopon uloqtirildi. Habib esa uni ilib olib sheriklariga berdi.
Ma’lumot uchun, avvalroq O‘zbekiston Prezidentining kuyovi, mamlakat triatlon federatsiyasi rahbari Otabek Umarov ham mazkur jangni bevostida Abu Dabidan kuzatib borishi aytilgandi.
Izoh (0)