Daryo

Habib Nurmagomedov Poryeni muddatidan avval mag‘lub etdi

7-sentabrdan 8-sentabrga o‘tar kechasi Abu Dabi shahrida UFC 242 jang oqshomi bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish287 298 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

7-sentabrdan 8-sentabrga o‘tar kechasi Abu Dabi shahrida UFC 242 jang oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Kechaning asosiy jangida UFC’ning yengil vazndagi chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov amerikalik vaqtinchalik chempion Dastin Poryega qarshi oktagonga chiqdi.

Birinchi raundda Habib Poryedan ustunlik qilgan bo‘lsa, ikkinchi raund avvalida Porye rossiyalik sportchidan faolroq harakat qildi. Habib raqibini uchinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan texnik nokautga uchratib, mag‘lub etdi. Va chempionlik kamarini o‘zida saqlab qoldi.

Foto: Getty Images
Shu tariqa Nurmagomedovning g‘alabalari soni 28 taga yetdi. Qayd etish joiz, Habib shu kunga qadar biror marta mag‘lub bo‘lmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar