UFC jangchisi Deyvi Ramos o‘zini yengil vazn toifasida Habib Nurmagomedovni yengishga qodir yagona jangchi deb hisoblamoqda.
“Habib o‘z jang uslubi sabab raqiblarining 80-90 foizi ustidan katta ustunlikka erishgan. Faqatgina Islom Maxachev bundan mustasno. Uning ham uslubi Habibnikiga o‘xshash. Shunisi aniqki, Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi. Bu kundek ravshan. U qilayotgan ish — jang qilishi va bosim o‘tkazish. Men esa butun hayot faoliyatim davomida jiu-jitsu bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Shunday ekan, Habibning bosimiga ko‘nika olmagan raqiblar singari holatdan qo‘rqmayman”, — deydi Deyvi Ramos.Eslatib o‘tamiz, Ramos 7-sentabr kuni UFC 242 oqshomida aynan Islom Maxachev qarshi jang qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)