“E-ijro auksion” elektron savdo orqali sotilgan 96 ta obyekt muammosi bo‘yicha monitoring o‘tkazilib, yechim topilgan. Bu haqda 6-sentabr, juma kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi departamenti rahbari Jo‘rabek Ahmedov bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda ma’lumot berdi deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Ahmedovning ta’kidlashicha, yil boshida sotilgan obyektlar bilan bog‘liq bir qancha muammolar kuzatilgan. Jumladan, ayrim hokimiyatlar, mutasaddi tashkilotlar obyekt sotilganidan keyin uni tadbirkorlik subyektiga rasmiylashtirib bermagan.
“Ushbu masala yuzasidan 96 ta obyekt bo‘yicha monitoring o‘tkazilgan va iyul oyiga qadar hal qilingan. Tuzilmagan shartnomalar bo‘yicha hokimlarga ayniqsa tuman tashkilotlariga ogohlantirish berilgan”, — dedi Jo‘rabek Ahmedov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hal etilmagan masalalar jarayon davomida hal etib borilmoqda.
Izoh (0)