3-sentabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab 5 kilometrlik yarim marafon o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.
Ushbu marafon O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan tashkil qilinmoqda.
Yarim marafon munosabati bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi—Kichik xalqa yo‘li—Taraqqiyot ko‘chasi—“Ashxobod sayilgohi” istirohat bog‘i—Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi—Parkent ko‘chasi—Qurolli Kuchlar Akademiyasi yo‘nalishidagi ko‘chalar qisman yopiladi.
Xabarda keltiriladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raladi.
Marafon soat tongi 06:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasining saf maydonidan start oladi.
Izoh (0)