• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda hukumatning yer uchastkalarining olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi qarori muhokamaga qo‘yildi

    Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

    Yer uchastkasi yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun olib qo‘yish yer egasining hamda yerdan doimiy foydalanuvchining roziligi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarori asosida yoxud Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi belgilanadi.

    Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar hamda noturar joy obyektlarini buzish to‘g‘risida qaror, obyektning bozor qiymati va olib qo‘yilishi sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin qabul qilinadi.

    Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar o‘rnini mol-mulk berish, yer ajratish yoki markazlashgan jamg‘armalar hisobidan mablag‘ ajratish orqali to‘liq qoplanishini ta’minlash maqsadida xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida:

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida — 3 nafar xodim;

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligida — 2 nafar xodimdan iborat shu’ba tashkil etilishi;

    shahar va tuman hokimliklarida 1 ta mutaxassis shtat birligi kiritilishi belgilanadi.

    Bunda, shu’ba faoliyatini bevosita muvofiqlashtirish tegishlicha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari hamda hokimlarning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.

    Quyidagilar yangi tashkil etiladigan shu’ba va xokimlik mutaxassislarining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

    buzilishi rejalashtirilayotgan obyektlarni buzish uchun qonuniy asos mavjudligini o‘rganish hamda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ta’minlash;

    buzilishi rejalashtirilgan hududdagi turar va noturar joylar ro‘yxatini hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun asoslantiruvchi hujjatlarni shakllantirish;

    turar va noturar joylarni, inshootlarni buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qoplash manbasi hamda qoplash uchun yetarli darajada mulk va mablag‘larning mavjudligini o‘rganish;

    davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida ko‘rib chiqib qaror qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim qilish;

    qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash, adliya va prokuratura organlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplangandan keyin obyektlarning buzilishini nazorat qilish.

    “Davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.

    Nizomga ko‘ra, yer uchastkasi yoki uning bir davlat va jamoat ehtiyojlari hamda boshqa maqsadlar uchun olib qo‘yish yer egasining, yerdan doimiy foydalanuvchining roziligi bilan yerdan vaqtincha foydalanuvchi va ijaraga oluvchi bilan kelishuv bo‘yicha — tegishli ravishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarori asosida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

    Bunda asosiy e’tibor:

    muayyan hududda fuqarolarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda talab yuqori bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik obyektlarni qurishni nazarda tutuvchi davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi ko‘pchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;

    yer uchastkalari olib qo‘yilishida ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar o‘tkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan, foydalanilmayotgan obyektlar (madaniy meros toifasiga kiradigan obyektlardan tashqari) bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini tanlab olish;

    tegishli hokimlar tomonidan hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari, investitsiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalarini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi, turlari, miqdori va muddatlarini, tomonlarning huquq va majburiyatlarini ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdori, manfaatdor tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organi o‘rtasida tuziladigan yozma kelishuv bilan belgilanishiga qaratiladi.

    Yer egasi, yerdan doimiy foydalanuvchi, yerdan vaqtincha foydalanuvchi va ijaraga oluvchi yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarori bo‘yicha yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda ushbu qaror ustidan yuqori turuvchi davlat hokimiyati organlariga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.

    Yer uchastkasini olib qo‘yish va turar hamda noturar joylar, inshootlarni buzish va dov-daraxtlarni ko‘chirib tashlash to‘g‘risidagi tegishli xalq deputatlari kengashi qarori faqat quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi:

    o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan bosh rejalarga, shuningdek, shaharlar va posyolkalarning aholi punktlari va mikrotumanlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini amalga oshirish;

    mudofaa va davlat xavfsizligi uchun yerlarni taqdim etish;

    avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, aerodromlar, aeronavigatsiya obyektlari va aviatexnika markazlari, temir yo‘l transporti obyektlari, ko‘priklar, metropolitenlar, tonnellar, energetika tizimi obyektlari va elektr uzatish tarmoqlari, aloqa tarmoqlari, kosmik faoliyat obyektlari, magistral quvurlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish;

    Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda.

    Yuqorida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, turar hamda noturar joylarni, inshootlarni asossiz buzilishiga va dov-daraxtlarning ko‘chirib tashlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan turar hamda noturar joy obyektlarini buzish to‘g‘risida qaror, obyektning bozor qiymati va olib qo‘yilishi sababli mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin qabul qilinadi.

    Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma’muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi va keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida markazlashgan jamg‘armaga undirib olinadi.

    02.09.2019, 22:33   Izoh (0)   15235
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yarim marafon munosabati bilan 3-sentabr kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

    02.09.2019, 22:17

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlandi. U bungacha DXX tizimida ishlagan

    02.09.2019, 22:02

    Xorazmdagi xonadonning 200 kvadrat metr maydoni yonib ketdi. Olovni o‘chirishga bir soat vaqt ketdi

    02.09.2019, 21:32

    Namanganda bayram avtokorteji tashkillashtirildi (video)

    02.09.2019, 20:45

    Qashqadaryoda 13 mln so‘m pora olmagan IIB xodimiga 10 mln so‘m pul mukofoti berildi

    02.09.2019, 20:31

    Shahrisabzda oshxonadagi portlash sabab 4 yoshli qizaloq kuyish jarohatini oldi

    02.09.2019, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Senat chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektrga to‘lov qilolmasligi bo‘yicha muammolar borligini ko‘rsatdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 09:59

    Reshford “Barselona”da asosiy tarkib uchun qaysi futbolchi bilan raqobatlashishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 iyul, 09:55

    Rossiya estradasining eng badavlat san’atkorlari: ular qancha pul ishlab topadi?

    Layfstayl | 23 iyul, 09:50

    Tramp Yaponiya, Filippin va Indoneziya bilan savdo bitimlarini tuzdi

    Dunyo | 23 iyul, 09:20

    Andijonda ayolni “samosud” qilgan do‘kon egasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 09:14

    “Real” hujumchisiga kutilmagan xaridor chiqdi

    Sport | 23 iyul, 09:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.