Toshkentning Xalqlar do‘stligi maydoni oldida 1 sentyabr kuni soat 21:00 dan boshlab taxminan 10 daqiqa davomida mamlakat tarixidagi eng katta mushakbozlik uyushtirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa ushbu jarayoning qurilishi davom etayotgan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidan turib olingan videolari tarqaldi.
Videolarda uzoqda haybatli mushakbozlik davom etayotganini, Tashkent City’dagi musiqiy favvora esa “Karib dengizi qaroqchilari” va “Mahalla duv-duv gap” filmlarining mashhur musiqalariga “raqsga tushayotgani”ga guvohi bo‘lish mumkin. Sitidagi ulkan favvora ishlashga deyarli tayyor bo‘lgani bir necha kun avval ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)