Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turida “Napoli” safarda “Yuventus”ga qarshi maydonga tushib (3:4) mag‘lubiyatga uchradi.
2019/20-yilgi mavsumning “Napoli” ishtirokidagi dastlabki ikkita o‘yinida muxlislar jami 14 ta golning guvohi bo‘ldi. Neapolliklar birinchi turda “Fiorentina”ni 4:3 hisobida mag‘lub etgandi.
Bunga qadar dastlabki ikki turda 7 ta gol urib, 7 ta gol o‘tkazish holati 1931/32-yilgi mavsumda kuzatilgandi. O‘shanda ham bu natijani “Napoli” qayd etgan.
“Yuventus”—“Napoli” to‘qnashuvida 7 ta gol urilish holati esa 1993-yildan beri ilk marta ro‘y berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)