Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Osasuna”ga qarshi bahsda “Barselona” 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Bellashuvning 51-daqiqasida Kataloniya klubi safida Anssumane Fati gol urishga erishdi. U gol urgan vaqtda 16 yosh 304 kunlik edi. Natijada Fati “Barselona” safida La Liga tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi, deb yozadi Opta.
La Liga tarixida undan yoshroq vaqtida gol urgan futbolchilar esa atigi ikki nafarni tashkil etadi. Fabris Olinga (16 yosh 98 kunlik) va Iker Muniain (16 yosh 289 kunlik).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)