“Napoli” yarim himoyachisi Irving Losano Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan “Yuventus”ga qarshi bahsda gol urishga erishdi.
Natijada Losano A Seriyada gol urgan ilk meksikalik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bunga qadar birorta meksikalik futbolchiga Italiya oliy divizionida gol urish nasib etmagan edi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Losano yozgi transferlar vaqtida Niderlandiyaning PSV klubidan 38 million yevro evaziga “Napoli”ga o‘tdi. U klub bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)