“Liverpul” futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 4-turi doirasida safarda “Byornli” ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
O‘yinning 80-daqiqasida “qizillar” safida Roberto Firmino o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
27 yoshli futbolchi shu tariqa musobaqa tarixida 50 ta gol urgan braziliyalik ilk futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Firmino “Liverpul”da 2015-yildan beri faoliyat olib boradi. U joriy mavsum Angliya chempionatida 2 ta gol urib, 2 ta golga hammualliflik qilishga ulgurdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)