Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti O‘zbekiston rasmiylarini “Jasliq”da amalga oshirilgan qonunbuzarliklar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishni boshlashga chaqirdi.
“Aybdorlar javobgarlikka tortilishi, jabrlanuvchilar va ularning oilasiga tovon puli to‘lanishi kerak”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Inson huquqlari himoyachilarining fikricha, “Jasliq”ning yopilishi O‘zbekistonning inson huquqlariga oid eski reputatsiyasining o‘zgarishiga imkon beradi.
“O‘zbekistonda boshqa ‘Jasliq’ bo‘lmasligi kerak”, — deb ta’kidlaydi HRW vakillari.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni “Jasliq koloniyasini tugatish” to‘g‘risidagi qarorni imzolagan. Bu qarorni BMT va Yevropa ittifoqi qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh (0)