• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda travmatologiya yo‘nalishida yangi endoprotezlash amaliyoti qo‘llanilmoqda

    O‘zbekiston travmatologiyasida yangi usul — bipolyar endoprotezlash amaliyoti joriy etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Ma’lumki, shu kunga qadar O‘zbekiston tibbiyotida chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash amaliyotining ayrim turlari, jumladan, total hamda revizion usullaridan foydalanib kelinar edi. Endilikda esa, ular sirasiga chanoq-son bo‘g‘imini bipolyar endoprotezlash usuli ham qo‘shildi. Bu usulning noyobligi shundaki, bunda bo‘g‘im ochilgandan so‘ng uning aynan shikastlangan son suyagi qismigina olib tashlanib, o‘rniga endoprotez qo‘yiladi. Ya’ni, endoprotez qo‘yiladigan qismning o‘lchamlari olinib, bo‘g‘imning chanoq-son qismiga tegmagan holda, maxsus keramik yoki metaldan ishlangan endoprotez uskunasini chanoq-son kosasi ichiga erkin harakatlanadigan qilib o‘rnatiladi.

    Ilgari ushbu amaliyot biroz murakkab tarzda o‘tkazilar, bunda chanoq-son kosasi uskunalar yordamida tozalanib, tog‘ay qismi olib tashlanar va maxsus vositalar yordamida mahkamlanar edi. Bu esa amaliyotning uzoq vaqtga cho‘zilishiga, qon yo‘qotish xavfining ortishiga va bemorda jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq boshqa holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lardi.“Endi esa bunga hojat qolmadi. Boisi ushbu usul orqali ham vaqt, ham mablag‘ tejaladi. Jumladan, ushbu amaliyot o‘zining bor yo‘g‘i 45 daqiqagina davom etishi bilan ham ajralib turadi. Bordi-yu, bemorning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lib, amaliyot jarayonidagi ishtirok etuvchi shifokor-xodimlar guruhi tajribali bo‘lsa, unda operatsiya 30 daqiqada ham yakunlanishi mumkin. Tabiiyki, bunda bemor ortiqcha qon yo‘qotish holatidan aziyat chekmaydi. Shuningdek, tananing kesilgan qismidagi kesma uzunligi 7—8 santimetrni tashkil etadi. Eng muhimi esa, shunday murakkab amaliyotdan so‘ng bemor qisqa vaqt oralig‘ida oyoqqa turib, yura boshlaydi, operatsiyaning beshinchi kunida esa uyiga ruxsat beriladi. Bu dunyo tibbiyotida kamdan-kam holatlardagina kuzatiladi”, — deydi 1-Respublika klinik shifoxonasi shifokori, tibbiyot bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamolxo‘ja Eshnazarov.

    Turli xastalikni jarrohlik usuli bilan davolashda, bemorning umumiy ahvoli alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bir organda qo‘llanilayotgan amaliyot, ikkinchi xastalikni zo‘raytirib yuborishi mumkin. Qizig‘i shundaki, bipolyar endoprotezlash usulida bunga hojat qolmaydi. Boisi tibbiyotda yangi joriy etilayotgan ushbu usul ana shu yuqorida aytilgan jihatlari bilan boshqa organ va to‘qimalarga deyarli ta’sir qilmaydi. Qisqa vaqt ichida yo‘lga qo‘yilgan ushbu amaliyot bugun og‘ir kasalliklar sirasiga kiruvchi son suyagi bo‘yinchasi jarohatlanishi, og‘ir turdagi politravma, bundan tashqari, turli yondosh kasalliklar (yurak qon-tomir, nafas organlari, ruhiy va boshqa kasalliklar) mavjud bo‘lgan bemorlarda ham muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.

    “Endoprotezlash amaliyotining dunyo tan olgan ushbu usuli jahonning sanoqli mamlakatlaridagina amalga oshiriladi, — deydi 1-Respublika klinik shifoxonasi shifokori, tibbiyot bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamolxo‘ja Eshnazarov. Jumladan, AQSh, Germaniya, Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya singari tibbiyoti rivojlangan davlatlar bu yo‘nalishda yetakchilardan hisoblanishadi. Ilg‘or usul, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalardan keng foydalangan holda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur amaliyot mana to‘rt oydan buyon shifoxonamizda ham qo‘llanilmoqda. Muassasamizning bir guruh xodimlari bilan birgalikda Janubiy Koreyaning Yonsey va Chonnam universitetlarida malaka oshirib qaytdik. U yerda bipolyar endoprotezlash amaliyotining keng imkoniyatlari, zamonaviy texnologiyalar yordamida tez va oson ravishda bajariladigan usullarni o‘rgandik”, — deydi 1-Respublika klinik shifoxonasi shifokori, tibbiyot bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Kamolxo‘ja Eshnazarov.

    Ayni paytda shifoxona olimlari tomonidan ushbu murakkab texnologiyali amaliyotlarni yurtimiz tibbiyotida ham keng qo‘llash ustida ish olib borilmoqda. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida 25 nafardan ziyod 70 va undan katta yoshdagi bemorlarda ushbu amaliyotning qo‘llanilgani yuqoridagi fikrimiz tasdig‘idir.

    Quvonarlisi, amaliyot o‘tkazilgan barcha bemorlar sog‘lom hayotga qaytarilib, o‘zlarini yaxshi his qilmoqda. Endilikda, ushbu usul dastlab mamlakatning Samarqand, Navoiy, Farg‘ona, Toshkent, keyinchalik esa boshqa viloyat travmatologiya va ortopediya markazlarida ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayapti.

    23.08.2019, 20:23   Izoh (0)   19742
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    24-avgust kuni O‘zbekiston bo‘ylab yirik ommaviy salomatlik tadbirlari tashkil etiladi

    23.08.2019, 19:58

    Andijonda shifokorning qo‘lini bog‘lab, uni yoqib yubormoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish ochildi

    23.08.2019, 18:27

    Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimidan ozod etildi

    23.08.2019, 18:15

    G‘ofurjon Mirzayev hokimlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan gap-so‘zlarga izoh berdi

    23.08.2019, 17:56

    Qoraqalpog‘istonda iqlim o‘zgarishiga moslashish choralariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

    23.08.2019, 17:17

    Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston sharoitida jamiyatdagi eng hurmatli inson — muallim

    23.08.2019, 17:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.