O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Fransiyaning mamlakatdagi faoliyatini yakunlayotgan elchisi Violen Biyet de Vilmorni 22-avgust, payshanba kuni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida vazir elchining muvaffaqiyatli faoliyatini yuqori baholab, uning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Shuningdek, Abdulaziz Komilov Fransiya elchixonasi va shaxsan Violen Biyet de Vilmorning O‘zbekistondagi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaganini qayd etgan.
O‘z navbatida, elchi O‘zbekiston rahbariyati va Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatini amalga oshirishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.
Izoh (0)