Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakat senati oldidagi chiqishida iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
Konte 2018-yil 1-iyunidan beri Italiya hukumatiga boshchilik qilib kelayotgandi.
Bosh vazir hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi “Liga” partiyasi yetakchisi, ichki ishlar vaziri Matteo Salvinining harakatlarini lavozimni tark etishi sababi sifatida ko‘rsatdi. U hukumatga ishonch masalasini kun tartibiga qo‘ygandi.
Italiya prezidenti Serjio Mattarella Kontening iste’fosini qabul qildi.
Izoh (0)