Gruziyaning “Rustavi 2” telekompaniyasi yangi bosh direktori Paata Saliya telekanalning bir qator jurnalistlari ishdan haydalishini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xususan, to‘g‘ridan to‘g‘ri efir chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgan jurnalist Georgiy Gabuniya ishdan bo‘shatiladi. U ta’tildan qaytgach, telekanalni tark etadi.
Paata Saliyaning ma’lum qilishicha, kompaniya telekanalga yetkazilgan zarar tufayli, ishdan haydalayotgan jurnalistlarni sudga beradi.
Eslatib o‘tamiz, Georgiya Gabuniya iyul boshida Putinni “Rustavi 2” efirida haqorat qilganidan keyin u ikki oyga efirdan chetlatilgan, ammo ishdan bo‘shatilmagan edi.
Izoh (0)