Rossiyaliklar orasida aviaparvozlar soni bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi, deb yozmoqda Sputnik.
Sayyohlik servisi tahlilchilari rossiyaliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p aviachiptalar sotib olishini aniqladi. Kuchli uchtalikdan, shuningdek, Armaniston va Moldova ham o‘rin oldi.
Gruziyaga talab esa pasaygan. 12-avgust kuni Gruziya bosh vaziri Mamuka Baxtadze Rossiyadan keluvchi sayyohlar sonining kamayishi oqibatida mamlakat qancha zarar ko‘rganini aytgan. Iyul oyi ma’lumotlariga ko‘ra, turizm sohasi 60 million dollargacha zarar ko‘rgan.
Izoh (0)