Toshkentda yashovchi fuqaro ishonuvchanlik oqibatida ham puldan, ham avtomashinalardan ayrildi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
2019-yil yanvar—iyun oylarida Sergeli tumanida 38 yoshli Xurshidjon K. tanishi bo‘lgan 47 yoshli Baxtiyor X.ga har xil turdagi 3 ta avtomobil — Cobalt, Nexia va Spark’ni u uchun xarid qilishini va’da qilgan.
Buning uchun u Baxtiyor X.dan 19 350 AQSh dollari olgan. Ammo va’dasida turmagan Xurshidjon K. xarid qilingan avtomobillarni boshqasiga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)